19 noyabrdagi axborotga ko‘ra, Yaponiyada kunlik holat 2340 tani tashkil etgan.
Eng ko‘p holat qayd etilgan hududlar: Tokioda – 534 ta, Osakada – 338 ta, Xokkaydoda – 267tani tashkil etgan.
“Men istiqomat qilayotgan Nagoyada ham vaziyat jiddiylashmoqda, birinchi marta 200 tadan ko‘pni tashkil qildi(219ta). Koronavirus infektsiyalari mamlakat bo‘ylab soat 18:20 ga qadar tasdiqlandi, kundalik rekord 2340 ta(19-noyabr kuni). Bu ko‘rsatkich avvalgi kuni qayd etilgan oldingi 2202 ta rekordni yangiladi. 19-noyabr kuni Tokio 534 bilan yangi COVID-19 holatlarida dahshatli pog‘onani ko‘rishni davom ettirdi, ketma-ket ikkinchi kuni kunlik hisoblash rekord darajaga yetdi”, deyiladi poytaxt hukumati rasmiylari.
Osaka prefekturasi uchun bir kunda 300 tadan ortiq holat va Ayti prefekturasi uchun 200 tadan ortiq holat haqida xabar berish birinchi marta sodir bo‘ldi, dedi mahalliy rasmiylar.
Metropoliten hukumati rasmiylari ma'lumotida, Tokioning so‘nggi hisob-kitobi avvalgi kuni o‘rnatilgan 493 ta rekordini yangiladi. Tokiodagi 534 ta kasallikdan 130 nafari 20 yoshda, 110 nafari 30 yoshda, 96 nafari 40 yoshda va hakoza bo‘lgan.
Metropoliten hukumati shu kunning boshida yuqumli kasalliklar tarqalishini kuzatuvchi ekspertlar kengashining yig‘ilishidan so‘ng, pandemiya to‘g‘risida ogohlantirishni eng yuqori 4 darajaga ko‘targan. 4-daraja infektsiyalar tarqalayotganidan ogohlantiradi.