Yer silkinishi natijasida bir kishi halok bo'ldi, 33 kishi jarohat oldi. Bundan tashqari, zilzila binolarga katta zarar yetkazdi.

Zilziladan keyin 45 ta aftershok qayd etilgan. Eng kuchli aftershok (5,8 magnitudali) shu kuni sodir bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, juma kuni Yaponiya dengizi sohilidagi Isikava prefekturasida 6,3 magnitudali zilzila sodir bo'lgan. Zilzila o'chog'i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Zilzilaning maksimal intensivligi olti ballni tashkil etdi.

"Isikava" atom elektr stansiyasi yoki boshqa atom inshootlarida favqulodda vaziyatlar sodir bo'lmagan, deb xabar beradi gismeteo.ru.