Kimoshdi savdosiga jami 260 dona qovun qo'yildi.
O'tgan yili ushbu auksionlarda eng qimmat ikkita qovun uch million iyenaga (22,2 ming dollar) sotilgan edi. Biroq, 2020 yilda koronavirus pandemiyasi tufayli bir juft “Yubari” atigi 120 000 iyenaga (taxminan 888 dollar) sotildi. 2019-yilda rekord o'rnatilgandi: o'shanda elita qovunlari 5 million iyenaga (taxminan 45 ming dollar) sotilgandi.
“Yubari” qovunning elita navi bo'lib, ajoyib ta'mi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, mazkur poliz mevasi deyarli mukammal sharsimon shaklga ega. Ular “kun chiqar yurt”da ajoyib sovg'a hisoblanadi, deb xabar beradi mir24.tv.