Yamato Yoko markaz faoliyati bilan tanishar ekan, bu yerda yaratilgan sharoitlar jahon talablari darajasida ekanini taʼkidladi. Muzokaralardan koʻzlangan asosiy maqsad qariyalarni parvarishlash va qishloq xoʻjaligi mutaxassislarini tayyorlashda Yaponiya tajribasini oʻzbek metodikasi bilan integratsiyalashtirishdan iborat ekani aytildi.

Mehmon bu boradagi hamkorlik kelajakda faol davom etishiga ishonch bildirdi.

Maʼlumot uchun: Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi hozircha Rossiya, Xitoy, Germaniya va Yaponiya bilan hamkorlik memorandumlari imzolagan.