Mazkur hamkorlik bitimi 2019-yil 18-dekabrda imzolangan edi.
Nagoya shahrining rasmiy qarorgohida boʻlib oʻtadigan tadbirda Nagoya shahri meri Takashi Kavamura, Oʻzbekistonning Yaponiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Fozilov Gʻayrat, yurtimizdagi vazirlik va idoralar rahbarlari hamda boshqa nufuzli mehmonlar onlayn ishtirok etishadi.
Bayram dasturi ikki qismdan iborat boʻlib, birinchi qismda Toshkent shahrini targʻib qiluvchi maxsus bezatilgan avtobusni taqdimot marosimi boʻlib oʻtadi.
Taʼkidlash joizki, bu avtobus 4 oy davomida, 2021yilning mart oyiga qadar Gokiso-dori-Kanayama-Irinaka-Nagoya universiteti yoʻnalishlarida harakat qiladi.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston madaniyati va ananalari, milliy musiqa sanʼati namoyishi ham tadbirdan joy olgan.
Bundan tashqari, barcha vatandoshlarimiz Nagoyadagi Toshkent kunini onlayn tarzda, QR-kodi orqali, toʻgʻridan-toʻgʻri tomosha qilish imkoniga ham ega boʻlishadi.
Oʻrta Chirchiq tumanida kuz-qish mavsumida ham qoramolga yemish yetishtirilayapti. Buning uchun maxsus konteynerlarda gidroponika usulida arpa va bugʻdoy oʻstiriladi.