Yaqin 10 yilda qaysi kasblar keraksizga aylanadi?

    Buxgalterlar, yuk mashinalari haydovchilari va taksi haydovchilariga ehtiyoj yoʻqoladi.

    SuperJob ish qidirish xizmati rahbari Aleksey Zaxarov yaqin 10 yil ichida keraksizga aylanadigan kasblar haqida gapirdi. Uning fikricha, buxgalterlar, yuk mashinalari haydovchilari va taksi haydovchilariga ehtiyoj yoʻqoladi.

    Zaxarovning soʻzlariga koʻra, buxgalterlarga talab raqamlashtirishning oʻsishi va elektron hujjatlarga ommaviy oʻtish fonida pasaymoqda.

    Shuningdek, kelajakda dronlar haydovchilar oʻrnini bosishi mumkin.

    “Konveyerdan chiqib ketadigan barcha yangi yuk mashinalari allaqachon uchuvchisiz ishlash uchun qayta jihozlash imkoniyatini beradi yoki bunday imkoniyat barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaqin kelajakda amalga oshiriladi”, – dedi mutaxassis.

    Zaxarovning soʻzlariga koʻra, kelgusi yillarda chet tillari oʻqituvchilariga talab yoʻqolishi xavfi mavjud: bu ham asosan texnologiyaning rivojlanishi bilan bogʻliq. Uning soʻzlariga koʻra, tillarni oʻrganish koʻpchilik uchun sevimli mashgʻulotga aylanmoqda, shu bilan birga elektron tarjima xizmatlari samaradorligi oshmoqda.