Avval svetofor siklining birinchi fazasi 35 soniya, ikkinchi fazasi esa 28 soniya davom etgan. Endi eng gavjum yo‘nalishda fazaning uzunligi 35 soniya o‘rniga 60 soniyaga uzayitirldi.
Shuningdek, qarama-qarshi yo‘nalishdagi avtomobillar endi biroz oldinroq to‘xtaydi. Bu burilayotgan transport vositalariga burilishni xavfsiz yakunlab, chorrahani tezroq bo‘shatish imkonini beradi. Natijada svetofor bir sikl davomida ko‘proq avtomobilni o‘tkazadi.
O‘zgarishlar natija berdi: kunduzi avtomobillar navbati sezilarli darajada qisqardi, harakat bir maromga tushdi, chorrahadan o‘tish vaqti esa 2 daqiqagacha kamaydi.
Yaqin atrofda temiryo‘l kesishmasi joylashgan. Poyezd o‘tayotganda harakat vaqtincha to‘xtatiladi. Shu sababli chorrahada qisqa vaqtga avtomobillar to‘planishi mumkin.
YHTEM vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. Mutaxassislar ertalabki va kechki tig‘iz vaqtlar uchun svetoforning alohida ish rejimlarini tayyorlamoqda.
Keyingi bosqich — qo‘shni chorrahalarni yangilash va ularning svetoforlarini yagona “Yashil to‘lqin” tizimiga ulash. Natijada ruxsat etilgan tezlikda harakatlanayotgan avtomobillar chorrahalardan ketma-ket yashil chiroqda o‘tib, kamroq to‘xtashi mumkin bo‘ladi.