Hisobotda aytilishicha, Axios asosan Xitoyning shimoli-sharqidagi zavodlardan chiqariladigan ozon qatlamini yemiruvchi kimyoviy xlorftoruglerod soʻnggi toʻrt yil ichida sezilarli darajada kamaygan. Bu ozon qatlamining tiklanish dinamikasiga ijobiy taʼsir koʻrsatgan.

“Soʻnggi toʻrt yillik hisobotga koʻra, ozonni qayta tiklanishi jadal davom etmoqda - bu fantastik yangilik”, degan BMT Atrof-muhit dasturining ozon boʻyicha kotibiyati ijrochi kotibi Meg Seki.

Antarktidada katta mavsumiy ozon yoʻqotishlari qayd etilganidan soʻng, 1987-yilda ozon qatlamini yemiruvchi moddalar ishlab chiqarish va atrof-muhitga chiqarishni cheklash uchun Ozon qatlamini buzuvchi moddalar boʻyicha Monreal protokoli imzolandi. Protokol atrof-muhit boʻyicha qabul qilingan eng muvaffaqiyatli shartnoma boʻldi.

Olimlarning hisob-kitoblariga koʻra, agar ozonni yemiruvchi moddalar chiqarishni kamaytirish boʻyicha amaldagi siyosat oʻz kuchida qolsa, ozon qatlami Antarktidada taxminan 2066-yilga, Arktikada 2045-yilga, butun dunyoda 2040-yilga kelib 1980-yildagi darajaga qaytadi.

G.Xoldorova tayyorladi.