Ushbu global ahamiyatga ega tadbirda ayni paytda dunyoda koronavirusning yangi toʻlqini avj olishi bilan bogʻliq vaziyat ham muhokama etilishi koʻzda tutilyapti. 

Xususan, rasmiy manbalarning xabar berishicha, mazkur sammitda shu yil oxirigacha dunyo aholisining 40 foizigacha, kelasi yil yakunigacha esa kamida 70 foizini emlashga doir maqsadli rejalar qabul qilinishi nazarda tutilgan.