Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya”ning maʼlum qilishicha, elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishda qonun-qoidalarga rioya etilishi yuzasidan doimiy nazorat tabirlarida oʻtkaziladi.
Joriy yilning birinchi choragida isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarlik boʻyicha 1 ming 821 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirildi.
Xususan, oʻtkazilgan nazorat tabirlarida aniqlangan holatlarning 979 tasi elektr energiyasi, 842 tasi esa tabiiy gazdan foydalanishda qoidabuzarlikka yoʻl qoʻyilganligi maʼlum boʻldi.