Jumladan, Yuqori Chirchiq tumanidagi “Qizilsoy” mahalla fuqarolari yigʻini hududi hamda Piskent tumani hududidan oʻtuvchi A-373 “Oʻsh - Guliston” avtomobil yoʻlining 107-kilometridagi koʻpriklar oʻz mustahkamligini yoʻqotgan.
Hozirda avtomobil harakatlari toʻxtatilib, xavfni bartaraf etish maqsadida FVB, YHXB, “Yoʻllardan foydalanish” UK, tuman hokimliklari va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida taʼmirlash tiklash ishlari amalga oshirilmoqda, deya xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati.