AQSh va meksikalik bir guruh olimlar sichqonlarga tajriba o'tkazishdi va ular yong'oq bilan oziqlantirildi. Yong'oq bilan oziqlangan kemiruvchilarning ortiqcha vaznga ega bo'lishi va diabetga chalinish ehtimoli kamroq ekanligi kuzatildi.
Buning sababi shundaki, yong'oq tarkibidagi polifenollar energiya sarfini oshiradi, tanadagi yog' konsentratsiyasini, organizmdagi disbakterioz va yallig'lanishni kamaytiradi, mushaklarni mustahkamlaydi. Shuningdek, ushbu mahsulot qandli diabet, jigar kasalliklarining oldini olishda samara beradi, deb xabar beradi mir24.tv.