Xususan, Markaziy harbiy okrugning Navoiy garnizonidagi harbiy qismda ushbu musobaqaning harbiy qism bosqichi boʻlib oʻtdi, deya xabar qilmoqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati.

Xabarda qayd etilishicha, mubosaqada muddatli hamda kontrakt asosidagi harbiy xizmatchilar milliy kurash boʻyicha 66, 81, 90 va +90 vazn toifasida gilamga chiqishgan boʻlsa, 80, 85, 90 va +90 kilogramm vazn toifasida 24 kilogramm toshni dast va siltab koʻtarish bahslarida esa oʻzaro kuch sinashdi.

Har ikki musobaqa davomida ham harbiy xizmatchilar toʻrt vazn toifasida gʻoliblik uchun murosasiz va qizgʻin kurash olib bordi. Musobaqa shartlarini Navoiy viloyati Kurash federatsiyasi ijrochi direktori M.Norov hamda oliy toifali hakamlar F.Toʻrayev, B.Yarmatov va E.Eshimov adolatli va shaffof tarzda baholab bordi.

Musobaqalar yakunida gʻolib va sovrindorlar harbiy qism qoʻmondonligi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.