Yaponiyada oʼtkazilgan “DigiCon6 Asia” animatsion filmlar festivalida Shokir Xoliqovning “Qiz va Bulut” animatsion filmi ikki mukofotni: “Mintaqaning oltin filmi” va “Festivalning oltin filmi” mukofotlariga sazovor boʼldi hamda 3 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Maʼlumot oʼrnida, Shokir Xoliqov bungacha 40 dan ortiq xalqaro festivallar gʼolibi boʼlgan edi. U boshchiligidagi oʼzbekistonlik yosh kinoijodkorlar tomonidan ishlangan qisqa metrajli “Messi” nomli filmi ham “48 Hour film race” festivalining ikkita mukofoti “Eng yaxshi film” hamda “Eng yaxshi drama” nominatsiyalari boʼyicha gʼolib deb topilgan.