Shu munosababat bilan uyushmaning Xalqaro aloqalar va badiiy tarjima boʻlimi boshligʻi Rustam Musurmonov hamda “Yoshlik” jurnali bosh muharriri Nurilla Choriyev ishtirokida 25 nafar yosh qozoq shoirlarining jami 100 ta sheʼri oʻzbek tiliga tarjima qilinib chop etildi.
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toʻqayevning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi doirasidagi uchrashuvlar doirasida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga qozogʻistonlik yosh ijodkorlar delegatsiyasi keldi.
25-dekabr kuni qozogʻistonlik yosh ijodkorlar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida munosib kutib olindi.
26-dekabr kuni mehmonlar “Yangi Oʻzbekiston” bogʻi va Adiblar xiyoboni, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tarixi muzeyi bilan tanishdi.
Kunning ikkinchi yarmida Yozuvchilar uyushmasida delegatsiya vakillari, uyushma aʼzolari va bir guruh yosh ijodkorlar ishtirokida Adabiyot" nashriyotida chop etilgan “100 sheʼr” toʻplami taqdimoti oʻtkazildi.
Taqdimotda Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, Qozogʻistondagi “Adabiyot olami” markazining “Yosh qalam” uyushmasi rahbari Muratxan Shoqan, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Qaldibek Seydanov, uyushma aʼzosi Faxriddin Hayit, Oʻzbekistondagi Qozoq milliy madaniy markazi raisi Serikbay Usenov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Tarjima kengashi raisi Zuhriddin Isomiddinov soʻzga chiqdi.
Tadbirda oʻzbek-qozoq adabiy aloqalarining ahamiyati, ikki millatning yosh ijodkorlari va “100 sheʼr” toʻplamining ahamiyati xususida soʻz bordi.
Ikki qardosh xalqlar vakillari Sirojiddin Sayyid boshchiligida bir-birlariga esdalik sovgʻalarini topshirdilar. Madaniy hamkorlik munosabatlari yanada kengayishi taʼkidlandi va yangi rejalar kelishib olindi.
Unda yosh shoirlarning sheʼrlari tinglandi. Mushoira koʻngillarni xushnud etdi. Yangi toʻplam adabiyot ixlosmandlariga ulashildi.
Uchrashuvlar 27-dekabr kuni yakunlanadi.