Yosh taekvondochilarimiz jahon chempionatida oltin va bronza medallarini qoʻlga kiritdi

    Sport 14 May 2025 601

    BAAda Kadetlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan taekvondo WT boʻyicha jahon chempionatining bugungi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli oʻtdi.

    Qayd etilishicha, murosasiz bahslarda hamyurtlarimiz 1 ta oltin va 1 ta bronza medallariga sazovor boʻldi.

    -65 kg vazn toifasida ishtirok etgan Nikita Bibikov barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bibikov finalda eronlik Amir Agʻamohammadidan ustun keldi. Shuningdek, qizlar oʻrtasida -41 kg vazn toifasida Rayhona Asanboyeva yarim finalgacha yetib kelib, bronza medali sohibiga aylandi.

    Shu tariqa, terma jamoamizning ushbu musobaqada hozirgacha jamgʻargan medallari 2 ta oltin va 1 ta bronzani tashkil etmoqda.