Yovvoyi oʻsimliklarni olib kirish va olib chiqishga onlayn ruxsatnoma beriladi

    Uni my.gov.uz orqali olish mumkin.

    Yurtimizda ekzotik oʻsimliklar shinavandalari va tadbirkorlarimiz koʻp. Bunday noyob oʻsimliklarni xorijdan olib kelish yoki aksincha olib chiqishda muammo tugʻilmasligi uchun ruxsatnoma kerak.

    Uni esa my.gov.uz orqali olish mumkin.

    Xizmatdan foydalanishda tegishliligi boʻyicha quyidagi hujjatlardan biri ilova qilinadi:

    — Yovvoyi oʻsimliklarni qonuniy sotib olishni tasdiqlovchi hujjat;
    — Davlat ekologiya qoʻmitasi organlarida botanika toʻplamini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjat;
    — Oldi-sotti shartnomasi;
    — Yuk xati hisob fakturasi;
    — Toʻplashga ruxsatnoma nusxasi;

    Javob 15 ish kunida taqdim etiladi.

    Ariza Yagona portal orqali topshirilganda:
    — Yuridik shaxslar uchun – 60 000 soʻm (0.2 BHM)
    — Jismoniy shaxslar uchun – 30 000 soʻm (0.1 BHM) miqdorida davlat boji toʻlanadi.