Tadqiqot Emori universitetida (AQSH) o'tkazildi.

Olimlar o'simlik ekstraktlarini koronavirusga qarshi samaradorligi bo'yicha birinchi yirik skriningni yakunlashdi. Ular Quave laboratoriyasida tabiiy mahsulotlar katalogidan 1800 dan ortiq ekstrakt va 18 birikmani sinovdan o'tkazishdi.

Tajriba davomida hujayra Petri idishlariga joylashtirildi, shundan so'ng ularga virusli zarrachalar ta'sir qilindi. Shuningdek, Petri idishlariga turli o'simliklarning ekstraktlari qo'shildi.

Natijalar shuni ko'rsatdiki, Solidago altissima gullari va Pteridium aquilinum ildizpoyalaridan olingan ekstraktlar SARS-CoV-2 ning inson hujayralariga kirishini bloklashi mumkin. Ikkalasi ham Shimoliy Amerikada o'sadi va mahalliy qabilalarning xalq tabobatida qo'llaniladi. Ekstraktlar virusning to'rtta shtammlari: alfa, teta, delta va gammaga ta'sir qiladi.

Olimlar to'g'ridan-to'g'ri ekstraktlar bilan davolash samarasiz va hatto xavfli ekanligini ta'kidlashdi. Ular faqat oz miqdorda faol birikmalarni o'z ichiga oladi, biroq inson uchun zaharli bo'lgan moddalarga boy. Ilmiy ish mualliflari virusga qarshi ta'sir qiluvchi molekulalarni aniqlash va ajratib olishni rejalashtirmoqda. Kelajakda ular yangi avlod dori vositalari uchun asos bo'lishi mumkin, deyiladi mir24.tv saytida.