Hali aniq emas bu mavsumda qanday o'zgarishlar sodir bo'lishi. Maktablarning yopilishi, ijtimoiy masofani saqlash kabi choralar koronavirusning tarqalishini qanchalik sekinlashtirishi, deydi o'zining tadqiqotlarida kanadalik olimlar.
Tadqiqotlarda yoz faslining kelishi koronavirusning o'sishiga qanchalik ta'sir ko'rsatishini tushintirishga harakat qilgan.
Mutaxassislar 10 tadan ko'p odam koronavirusdan zararlangan 144 ta hududda izlanishlar olib bordi. Olingan natijalarni taqqoslab ko'rgan olimlar shunday xulosaga keldi: koronavirusning tarqalishiga ob-havoning ta'siri yo'q.
“YOz yordam bermaydi. Odamlar buni bilishlari kerak”, deydi olimlarning biri, epidemiolog Dionn Gesink. SHunga qaramay, olimlarning fikriga ko'ra, issiq boshlanishi bilan shimoliy yarim shardagi mamlakatlar sog'liqni saqlash organlari qishga qaraganda kamroq harakat qilshadi.
Olimlar shuni alohida ta'kidlashdiki, olib borilgan bu tadqiqotning natijalariga ko'ra, koronavirus tarqalish tezligi va havo harorati o'rtasida bog'liqligi bo'lmasligi mumkin.
epidemiyaning o'sishi nisbiy yoki mutloqo namlik bilan bog'liq emas, deydi tadqiqotchilar.