Yozyovon tumani. 10-yanvar kuni tuman IIB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Ishtirxon mahalla hududida yashovchi B.X.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganda, yashash uyini ichki qismidagi gilam ostidan oq tselofan paketga solingan holda marixuana giyohvandlik moddasi saqlayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi o'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.