Uning ochilish marosimida Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari Maʼsudjon Sulaymonov, tuman hokimligi masʼullari, jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etdi.
Tuman markazida qad rostlagan ushbu maskanda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, turli tanlovlar, ijodiy uchrashuvlar, kitob taqdimotlarini yuqori saviyada oʻtkazish imkoni mavjud. Sara kitoblar ilm muxlislari ixtiyorida.
Keyingi ikki yilda Fargʻona viloyatining shahar-tumanlarida barcha zamonaviy sharoitlar va qulayliklarga ega 12 ta Maʼnaviyat va maʼrifat maskanlari tashkil etildi.