Bino qurilishida, zamonaviy va milliy shaharsozlik normalariga muvofiqlik va fuqarolar uchun eng qulay sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor berildi. Murojaatchilarga bir vaqtning oʻzida 170 dan ortiq turdagi xizmatlarni koʻrsatish imkoni yaratildi.
Bu yerda elektron navbat tizimi, axborot kioskasi, elektron xizmatlardan mustaqil foydalanish va salomatlik burchaklari, bolalar maydonchasi hamda mini-kutubxona tashkil qilingan. Fuqarolar davlat xizmatlardan mustaqil foydalanishlari shuningdek, turli imkoniyatlardan xabardor boʻlishlari uchun axborot stendlari va posterlar qoʻyilgan.
Ushbu Markaz tumandagi 320 mingga yaqin aholiga xizmat koʻrsatish bilan birga, eksterritorial tamoyili asosida Toshkent shahri va respublikamizning barcha xududlaridan tashrif buyurgan fuqarolarga ham xizmat koʻrsatadi.
Markazda elektron navbat tizimi bilan integratsiya qilingan maxsus platforma mavjud boʻlib, uning yordamida mijozlar xizmat koʻrsatish jarayoni va xizmat koʻrsatgan xodimni baholash mumkin boʻladi. Bu esa fuqarolar bilan qayta aloqaning muhim usullaridan biri sifatida murojaatchilar uchun xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirishga yordam beradi.
Yangi Markazda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasini hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmati joriy etilgan boʻlib, Toshkent shahridagi 11 ta tuman Davlat xizmatlari markazlari tomonidan murojaatchilarga samarali davlat xizmati koʻrsatilmoqda.
Shuningdek, ushbu Markazda davlat xizmatlaridan foydalanishda barmoq izi skanerlari toʻliq joriy etildi. Uning yordamida elektron raqamli imzo kalitlarini tasdiqlash bilan bogʻliq jarayonlar amalga oshiriladi.
Aholining fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda, davlat xizmatlaridan foydalanishda NFC mahsus qurilmasi ishga tushirildi. Uning yordamida ID kartadagi fuqaroning shaxsi aniqlanadi va tizimda arizachining maʼlumotlari avtomat tarzda toʻldiriladi.
Jismoniy imkoniyati cheklangan, turli sabablarga koʻra nogiron boʻlib qolgan murojaatchilarga barcha sharoitlarni yaratish maqsadida nogironlik aravachasi orqali binoga kirish imkonini beruvchi pandus hamda shaxsiy ehtiyojlar uchun alohida xona shuningdek, “surdo-online” xizmatlari mavjud.
Qurilish-meʼmorchilik jarayonida zamonaviylik va milliylik uygʻunlashgan milliy uslubdagi naqshlar va yogʻoch-oʻymakorlik bezaklari Markazning ichki dizayniga avohida koʻkr bagʻishlaydi.
Ayniqsa, binoning ikkinchi qavatiga qutarilshidagi devolariga qadimgi buyuk ipak yoʻli, tarixiy binolar, tabiat dunyosi aks ettirilgan.
Mazkazning birinchi qavatida qabulxona, salomatlik burchagi, bolalar maydonchasi, kafe, keng va yorugʻ kutish maydonlari hamda bank kassasi, ikkinchi qavatda esa, haydovchilik guvohnomasini almashtirish xonasi, ID pasport rasmiylashtirish xonasi, majlislar zali, adliya boʻlimi, yuridik xizmat koʻrsatish markazi mavjud.
Hozirda Toshkent shahrida 12 ta Davlat xizmatlari markazi mavjud boʻlib, ularning 7 tasi zamonaviy jihozlangan binolarga ega.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi