Unga koʻra:

Adliya vazirligining yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy tizimini joriy qilinadi;

Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining yuridik shaxs tashkil etmagan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlarda hududiy filiallari tashkil etiladi.

Yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimning ustuvor vazifalari quyidagilar etib belgilandi:

Kasbiy ehtiyojlardan kelib chiqqan holda kadrlar buyurtmachilari va xodimlariga malaka oshirish shakllarini mustaqil tanlash imkoniyatini yaratish;

Anʼanaviy malaka oshirish bilan bir qatorda kasbiy oʻqitishning uygʻunlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan shakllarini, shuningdek, kadrlar malakasini oshirishning belgilangan davriyligiga rioya qilingan holda taʼlim dasturlarini, bilim va koʻnikmalarni doimiy takomillashtirishdan iborat kredimt-modul mexanizmini yaratish;

Malaka oshirish jarayonlarini monitoring qiluvchi yagona maʼlumotlar bazasi — elektron platformani yaratish va amaliyotga joriy etish;

Masofaviy taʼlimni takomillashtirish va mustaqil taʼlim olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

Kadrlar malakasini oshirishning modullashtirilgan taʼlim dasturlari asosida maxsus kurslardan oʻtish amaliyotini joriy etish.

Qaror bilan shuningdek:

Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida qayta tayyorlash va malaka oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;

Yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablari tasdiqlandi.