YAngi kasallanish holatlarining 27 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 61 nafari Toshkent shahrida (shundan 51 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo'lib karantinga olinganlar, 10 nafari aholi orasida) aniqlangan.

 Ayni paytda yurtimizda 4199 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (71 foiz) sog'aygan.

Hozirda mamlakatimizda 1637 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda. Ulardan 12 nafari og'ir ahvolda.

Sog'liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi.