Xilvatmozorda Ishoqxon to'ra Ibratning otasi Junaydulloxoja va katta bobolari Ne'matulloh xoja Turkistoniylar mangu qo'nim topishgan. Shuningdek, Ibrat domlaning barcha aka-ukalarining qabrlari ham shu erda.
Bu mozorning yuqoriroq qismida Mulla Kuding qishlog'ida Ne'matulloh xoja Turkistoniyning avlodlari Ibrohim xoja istiqomat qiladilar. Yuz yosh bilan yuzlashayotgan yassaviyzoda bo'lmish bul zoti bobarakot zamonamiz ulug'laridandur. Prezident SHavkat Mirziyoev ham Namanganga kelganlarida Ibrohim otaning ziyoratlarida bo'ladilar. Ibrohim ota bu voqeani tez-tez eslab turadilar.
“O'zbek ma'rifatparvari, tarixchi, tilshunos, shoir, publitsist, xattot, matbaachisi 1862 yilda To'raqo'rg'onda tavallud topgan deyiladi, lekin katta bobomizni shu erda tug'ilganliklari to'g'risida gap-so'zlar yo'q emas. CHunki bor xeshu aqrabo shunda madfun bo'lganlar. O'z davrining olimu ulamosi Yаssaviyzoda Ne'matulloh xoja bu joylarga Qo'qon xoni Amir Umarxonning taklifi bilan Turkistondan kelib o'rnashganlar ilmu ziyo taqatganlar. SHu ko'rib turganingiz katta bobomiz qurgan chillaxona bo'ladi”, – deydi Ibratning chevarasi Xayrulloxon.
Xullas, bu go'shani ziyorat qilmoq Turkistonga borolmay, Qul Xoja Ahmad Yassaviyni ko'rolmaganlar uchun uni ko'rmoq va ziyorat etmoq bilan barobardur.
Ibrat 1887-1892 yillarda Istanbul, Sofiya, Afina, Rim, Kobul va Jidda, 1892-1896 yillarda Hindistonning Bombay va Kal`kutta shaharlarida yashagan. U ushbu safari oldidan shu chillaxonada chilla o'tirgan. Qaytgach, To'raqo'rg'onda yangi usul maktabini ochib, yosh bolalarni ilm-ma'rifatli qilishga kirishgan.
Anvar Ikrom,
“Namanganturizm” boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari