Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 3 nafar fuqaro o‘zaro til biriktirib, “S.C.” MChJ rahbari M.N.ga 100 000 AQSh dollari evaziga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali IIVga qarashli 4 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 60 mlrd so‘mlik rekonstruksiya va qurilish ishlarini olib berishlarini aytib, shundan 20 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.