Uchrashuvda tadbirkor Zarafshon shahrida elektromobillar va boshqa xorij avtomobillari savdosini yoʻlga qoʻyish istagida ekanligini bildirdi.

Muloqot davomida shahar hokimi mazkur tashabbusning Zarafshonda tatbiq etilishi uchun mahalliy hokimlik tomonidan barcha shart-sharoit yaratib berilishi taʼkidladi. Oʻz navbatida tadbirkor bunday iliq munosabatdan mamnunligini izhor etdi.

Mazkur loyiha hududda avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish bilan birga, atrof-muhit ifloslanishining oldini olishga hamda muqobil energiya manbalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, jahon bozorida elektromobillar savdosi 2017-yilda 2012-yilga nisbatan 10-martaga oshgan boʻlib, “Thomson Reuters” tahlilchilarining prognozlariga koʻra 2040-yilga borib elektromobillar transport vositalarining yarmidan koʻpini tashkil qiladi.

Zarafshon shahar hokimligi Axborot xizmati.