Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra:
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni Oʻzbekiston hududiga olib kirish qoʻshilgan qiymat soligʻidan 2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha ozod qilinadi.
Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yoʻnalishdagi xizmatlarni koʻrsatishdan olgan foydasi 2026-yil 1-yanvargacha foyda soligʻidan ozod qilinadi.
“Turizm toʻgʻrisida”gi Qonuniga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra:
Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylari va dam olish zonalari joylashtirish vositalari sifatida majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etiladi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.