Amudaryo tumanida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz, oʻz daromad manbaiga ega boʻlmagan 38 nafar yoshlarga subsidiya asosida kasb faoliyati bilan shugʻullanishlari uchun zarur jihozlar hamda kompyuterlar topshirildi.
Xususan, 17 nafar ayol-qizlarga tikuvchilik mashinasi, 7 nafar yoshlarga kompyuter, 14 nafar yoshlarga motokultivatorlar berildi.
38 nafar ishsiz yoshlarga mehnat faoliyatini boshlashlari uchun asbob-uskunalar taqdim etilgani – 38 ta oilaga quvonch, ertangi kunga ishonch olib kiradi.