Jumladan, quduqlarda kapital taʼmirlash ishlarini bajarish barobarida, yangi quduqlar burgʻilanib, tugatilgan quduqlar majmuasida turganlari esa qayta taʼmirlanib ishga qoʻshilmoqda.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Zevarda” gazkondensat konidagi 325-sonli quduqda burgʻilash ishlari tugatilib, 2584-2800 metr oraliqqa filtr tushirildi.
Quduqni oʻzlashtirish ishlaridan soʻng, kunlik 120 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 0,02 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.
Maʼlumot uchun: “Zevarda” koni Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida joylashgan boʻlib 1979-yildan buyon ishlatilib kelinmoqda.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati