Quyi palatadagi 12 ta qoʻmita oʻrnida 10 ta yangilangan qoʻmita tashkil qilindi
Kelgusi besh yilda Qonunchilik palatasi oldida gʻoyat ulkan vazifalar turgani taʼkidlandi.
Kelgusi besh yilda Qonunchilik palatasi oldida gʻoyat ulkan vazifalar turgani taʼkidlandi.
Parlament faoliyatida yutuqlar bilan birga eʼtibordan chetda qolgan masalalar ham boʻlgani qayd etildi. Prezident ularning ayrimlariga toʻxtalib oʻtdi.
Prezidentimiz oʻtgan chaqiriqda faoliyat koʻrsatgan deputatlarga samarali mehnatlari uchun chin dildan minnatdorchilik bildirdi.
Prezident partiyalar saylov kampaniyasi davomida ilgari surgan va xalqimiz qoʻllab-quvvatlagan har bir taklif albatta koʻrib chiqilishi va amalga oshirilishini taʼkidladi.
Markaziy saylov komissiyasining faoliyati sezilarli kuchaygani, professional saylov organlari tashkil etilgani saylovlarning haqqoniy ruhda oʻtishida muhim rol oʻynadi.
Saylovlar toʻliq ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik muhitida oʻtgani, qoʻllangan zamonaviy texnologiyalar ham bu jarayonda muhim rol oʻynagani taʼkidlandi.
Davlatimiz rahbari bu yilgi parlament saylovlarining eng muhim jihatlari haqida toʻxtalib oʻtdi.
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida nutq soʻzlamoqda.
Oʻzgidromet boshlangan haftada kutilayotgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
2014-yildan beri dunyoda chuchuk suv zaxiralari keskin kamaydi, deyiladi xalqaro olimlar guruhi hisobotida.
Ushbu masalalar ochiq ovoz berish yoʻli bilan tasdiqlandi.
Toshkent shahrida yangi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi tashkiliy majlisi oʻz ishini davom ettirmoqda.