Nukus shahrida Oʻzbekiston-Hindiston qoʻshma biznes-forumi boʻlib oʻtmoqda

    Biznes 10 Sentabr 2024 435

    Joriy yilning 9-11 sentyar kunlari Hindiston Savdo-sanoat palatalari Federatsiyasi boshchiligidagi ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyaning Oʻzbekistonga tashrifi amalga oshirilmoqda.

    Tashrif doirasida qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika, logistika, taʼlim, qurilish hamda turizm sohalarida ish yurituvchi 150 ga yaqin ikki davlat ishbilarmon doira vakillari ishtirokida Oʻzbekiston-Hindiston biznes forumi hamda B2B formatidagi ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi.

    Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasidagi tovar aylanmasi 2023-yil holatiga koʻra, 691,5 mln dollarni tashkil etadi. Hindiston davlatiga amalga oshirilgan eksport hajmi 36,5 mln dollar, import hajmi 655,1 mln dollardan iborat.

    Tadbirda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari Dilshod Rasulov hamda Hindistonning Oʻzbekistondagi Favqulotda va muhtor elchisi Smita Pant va Hindiston Savdo-sanoat palatalari Federatsiyasi bosh maslahatchisi Manab Majumdar oʻz nutqilari bilan ochib berdi.

    Forum doirasida ikki davlat vazirlik, idora va tashkilot vakillari Oʻzbekiston hamda Hindiston davlatining savdo-iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirish boʻyicha tadbirkorlikning keng istiqbollari namoyish etilgan taqdimot bilan qatnashdi.