16-may, juma kuni oʻtkazilgan final janglarining barchasida oʻzbekistonlik sportchilar gʻalaba qozonib, 6 ta oltin medalga sazovor boʻlishdi. Yettinchi finalchi Xumorabonu Mamajonova esa kumush medali bilan taqdirlandi.
Gʻolib va sovrindorlar:
Oltin medal:
- -55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
- -65 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev
- -75 kg: Fazliddin Erkinboyev
- -80 kg: Javohir Ummataliyev
- -85 kg: Akmaljon Isroilov
- +90 kg: Jahongir Zokirov
Kumush medal:
- -57 kg: Xumorabonu Mamajonova
Bronza medal:
- -60 kg: Samandar Olimov
- -70 kg: Gʻofurjon Tohirov
Yakunda 6 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan oʻzbekistonlik bokschilar umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi.









