Mudofaa vazirligining maʼlum qilishicha, ushbu snaryad vazirlik tasarrufida boʻlmagan hududda mahalliy choʻponlar tomonidan oʻzboshimchalik bilan qazib olingan hamda metallolomga topshirilgan.

Vazirlikning takidlashicha, bunday holatlarda fuqarolar xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga zudlik bilan xabar qilishi shart.

«Ushbu voqeaga harbiy xizmatchilarning hech qanday aloqasi yoʻq va jinoiy javobgarlikka tortilmaganini maʼlum qilamiz. Mazkur turdagi snaryad Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarida mavjud emas. Maʼlumotlarga koʻra, bu turdagi snaryad 1970-yillarda qoʻllanilgan.
Ayni vaqtda holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Respublikamizdagi barcha elektron nashrlar va blogerlardan maʼlumotlarni notoʻgʻri talqin qilmasliklarini soʻraymiz«, deyiladi xabarda.

Asoslanmagan yolgʻon xabar tarqatganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida javobgarlik mavjudligi eslatib oʻtildi.