Turkiya IIV: mamlakat janubidagi zilzila oqibatida bir kishi halok bo'ldi, 69 kishi jarohatlandi

    Turkiya janubida zilzila ro'y berdi, bir ayol halok bo'ldi, yana 69 kishi jarohatlandi, deb xabar berdi mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya X ijtimoiy tarmog'ida.

    Yer silkinishlari Moskva vaqti bilan 02:17 da Turkiyaning Marmaris kurorti yaqinida qayd etilgan. Zilzila o'chog'i 67 kilometr chuqurlikda joylashgan, deb xabar beradi ria.ru.

    Vazirning so'zlariga ko'ra, yer silkinishlari Mugla viloyati va boshqa bir qator viloyatlarda ham sezilgan, vayronagarchiliklar qayd etilmagan.

    Yana 69 kishi vahima ichida yuqori balandlikdan sakrab jarohatlangan, ulardan 46 nafari shifoxonaga yotqizilgan, deya qo'shimcha qildi vazir.