Ertaga havo harorati biroz pasayadi

    Yashil sayyora 25 Iyun 2025 656

    Shu yilning 26-iyun kuni respublikamizda havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

    “Oʻzgidromet” agentligining xabar berishicha, ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 10-12 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 21-23 daraja, kunduzi 31-33 daraja boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati;

    havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-21 daraja, kunduzi 28-33 daraja boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlari;

    havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.

    Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari;

    havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

    havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 34-39 daraja boʻladi.

    Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari;

    havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.

    Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlari;

    havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 21-26 daraja boʻladi.