Aeroportda oliy martabali mehmonni Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Kerimli va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Shahar buyuk ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Muhammad Fuzuliy nomi bilan atalgan. Mamlakatning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan bu shahar azaldan Qorabog‘ning "janubiy darvozasi" hisoblanadi.
2020-yildan boshlab Fuzuliy tumani va shahrida keng ko‘lamli qayta tiklash dasturi amalga oshirilmoqda. 2021-yilda foydalanishga topshirilgan Fuzuliy aeroporti barpo etilgan muhim obyektlardan biri bo‘ldi. Shaharda, shuningdek, zamonaviy turar joy majmualari, tibbiyot va ta’lim muassasalari, infratuzilma obyektlari qad rostladi, yangilari qurilmoqda.
2023-yil avgust oyida ikki mamlakat yetakchilari shaharda O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan birodar xalqlarimiz o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik ramzi sifatida qurilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi zamonaviy maktabni ochgan edilar.









