Bu haqda Soliq qoʻmitasi maʼlumotlarida keltirilgan.
2025-yilning yanvar iyul oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 63 988 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
- 57 672 tasi xarid cheki bermaslik;
- 2 278 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
- 145 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
- 3 893 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.
Murojaatlarning 31 423 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli koʻrib chiqilmagan.
Murojaatlar asosida 25 924 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 98,9% holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.
Huquqbuzarlik holatlari boʻyicha xabar bergan fuqarolarga 27 451 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 19,7 mlrd soʻm mukofot toʻlangan.









