Hozirda 7 mingdan ortiq davlat bogʻchalarida 120 mingga yaqin pedagoglar boʻlgani bilan ularning atigi 34 foizi oliy maʼlumotga ega. Lekin hozirda tarbiyachilarning maktab oʻqituvchilari kabi toifa olishi uchun oliygoh diplomi talab etiladi. Shu sababli oliy maʼlumotli bilan oʻrta maʼlumotli tarbiyachining oyligida farq bor.
Shu bois, davlat va xususiy bogʻcha tarbiyachilarini ishdan ajralmagan holda oliygohlarda oʻqitish yoʻlga qoʻyilib, yiliga 10 ming tarbiyachi oliy maʼlumotli qilinadi.
Yana bir yangilik. Xuddi Prezident maktablari kabi har bir viloyatda “Yangi avlod” bogʻchalari tashkil qilinib, ularda tarbiyachilar ilgʻor pedagogik texnologiyalarni oʻrganadi.
Eng muhimi, yangi metodikalarni oʻrganish uchun bu maskanlarning eshigi xususiy bogʻcha tarbiyachilariga ham doimo ochiq boʻladi.









