Prezidentimiz soʻzining yakunida oʻqituvchi va murabbiylarga sihat-salomatlik, kuch-gʻayrat, gʻoyat masʼuliyatli va sharafli faoliyatlarida ulkan yutuqlar, oilaviy baxt-saodat tiladi.
Prezidentimiz pedagoglarni yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surdi:
Bir yil ichida 100 ta texnikumda Germaniya, Shveysariya, Xitoy, Koreya, Britaniya kabi davlatlarning taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilib, ularning eng ilgʻor kasbiy taʼlim dasturlari joriy qilinishi belgilandi.
Har yili oʻn minglab maktab oʻquvchilari xorijiy til va fanlar boʻyicha xalqaro sertifikatlar olyapti.
Prezidentimiz bogʻcha tarbiyachilari uchun muhim yangilikni aytdi.
Islohotlarning ilk bosqichidayoq maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratildi.
Oʻtgan sakkiz yilda taʼlim va ilm-fanga xarajatlar 6 karra oshirilib, 378 trillion soʻm mablagʻ ajratildi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz Oʻzbekiston tarixida ilk bor 50 milliard dollarlik marradan oshdi.
Soʻnggi sakkiz yilda taʼlim va tarbiya sohasida ham oʻn yillarga teng keladigan ishlar amalga oshirilib, ulkan natija va yutuqlarga erishilgani taʼkidlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan muloqot oʻtkazmoqda. Tadbirga barcha hududlardan 40 mingdan ziyod pedagoglar ulangan.
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumaniga tashrif buyuradi hamda oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot qiladi.