“Quyoshli mahalla” tanlovi g'oliblarini quyidagi tartibda mukofotlanadi.
— Respublika bo'yicha bosh sovrin — bazaviy hisoblash mikdorining 1 200 baravari miqdorigacha bo'lgan qiymatdagi elektromobil;
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining har biri bo'yicha:
— 1-o'rin - BHMning 400 baravari miqdorigacha bo'lgan qiymatdagi 10 kVt quvvatli quyosh fotoelektr tizimini o'rnatib beriladi:
— 2-o'rin - BHMning 200 baravari miqdorigacha bo'lgan qiymatdagi 5 kVt quvvatli quyosh fotoelektr tizimini o'rnatib beriladi;
— 3-o'rin- BHMning 100 baravari miqdorigacha bo'lgan qiymatdagi 3 kVt quvvatli quyosh fotoelektr tizimini o'rnatib beriladi.
Eslatib o'tamiz, tanlov 2023 yil 15 martdan 1 iyunga qadar o'tkaziladi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, mahalla (qishloq, ovul) fuqarolari yig'inlari miqyosida o'tkaziladi hamda 14 ta hududning har biri bo'yicha g'oliblar aniqlanadi.