Xolesterin darajasi va Alsgeymer kasalligi o'rtasidagi bog'liqlik aniqlandi

    Mayo klinikasining amerikalik tadqiqotchilari keksa odamlarda xolesterin darajasi va Alsgeymer kasalligi o'rtasidagi bog'liqlikni aniqlashdi.

    Ma'lum bo'lishicha, umumiy xolesterin va triglitseridlar darajasining katta tebranishlari demensiya xavfini oshiradi.

    Tadqiqot davomida olimlar 60 yosh va undan katta yoshdagi, ilgari demensiya tashxisi qo'yilmagan deyarli 12 000 kishining ma'lumotlarini tahlil qilishdi. Ishtirokchilarning umumiy xolesterini, triglitseridlar, past zichlikdagi lipoprotein xolesterini, shuningdek, “yomon” xolesterin deb ataladigan va “yaxshi” xolesterin deb nomlanuvchi yuqori zichlikdagi lipoprotein xolesterini tadqiqotdan avval besh yil davomida o'lchandi.

    Keyin subyektlar ballari qanchalik o'zgarganiga qarab beshta teng guruhga bo'lindi. Umumiy olganda ularning holati 13 yil davomida kuzatildi. Bu vaqt ichida 2473 kishida Alsgeymer kasalligi yoki demensiyaning boshqa shakli rivojlandi.

    Tadqiqotchilar umumiy xolesterini eng yuqori bo'lgan ishtirokchilarda bu borada eng past ko'rsatkichga ega bo'lganlarga nisbatan demensiya xavfi 19 foizga oshganligi aniqlandi. Triglitseridlar darajasi yuqori bo'lgan odamlarda Alsgeymer kasalligi 23 foizga ko'proq bo'lgan, deb xabar beradi lenta.ru.