Janakorgan tumanidan 77 yoshli erkak va Shielida yashovchi 51 yoshli fuqaro kasallik belgilari bilan ahvoli og'ir holatda kasalxonaga yetkazildi. Bemorlar jonlantirish bo'limida vafot etdi.
Umuman, yil boshidan buyon hudud tibbiyot muassasalariga kana chaqishi bo'yicha 600 dan ortiq fuqaro murojaat qilgan. Ulardan 23 nafarida Qrim-Kongo gemorragik isitmasi borligi taxmin qilinib, kasalxonaga yotqizilgan. 8 ta holatda tashxis tasdiqlandi. Xavfli hasharotlarning tabiiy yashash joylarida epidemiyaga qarshi choralar ko'rilmoqda, deb xabar beradi inform.kz.
“Har bir qayd etilgan holatdan so'ng 12 soat ichida shaxsiy uy-joylar, chorva mollari va hayvonlar dezinfeksiya qilinadi. Bemorlar bilan aloqada bo'lgan barcha shaxslar 14 kun davomida shifokor nazorati ostida. Umuman olganda, uch oy – may, iyun va iyul – kananing xavfli turlari faollashadigan payt. Shu bois hudud aholisini ehtiyot bo'lishga va kana chaqqanda darhol shifokorga murojaat qilishga chaqiramiz”, — dedi Qizilo'rda viloyati sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Aliya Abdiqaimova.