Saidislombek Abdulqosimzoda shaharning qoq markazidan oqib o'tuvchi Janubiy Mirzacho'l kanalida ona va bolani cho'kayotganini ko'rib qolib, ularni qutqarishga oshiqqan va buning uddasidan chiqqan.
"Kanal atrofiga yugurgani chiqaman, imtihonga tayorlanaman.
Cho'kayotganlarini ko'rgan zahotim hayolimda faqat tezroq ko'maklashish bo'ldi. O'zim ham cho'kishimga oz qoldi" — deydi 21 yoshli qahramon.
Saidislombek Yangier shahar faollari tomonidan esdalik sovg'a bilan taqdirlandi.