Fargʻona viloyatida davlat manfaatlariga 12 mlrd soʻmdan ziyod zarar keltirgan noqonuniy mayning fermasi faoliyati toʻxtatildi

    Xavfsizlik 30 Oktabr 2023 1431

    Qoʻqon shahridagi hozirgi kunda faoliyatini toʻxtatgan parrandachilik korxonasi binosida fuqaro M.N.ga qarashli 31 ta mayning qurilma elektr hisoblagichsiz, toʻgʻridan toʻgʻri elektr tarmogʻiga ulanib olgan.

    Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda Fargʻona viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida mayning qurilmalaridan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

    Xususan, Qoʻqon shahrida joylashgan hozirgi kunda faoliyatini toʻxtatgan parrandachilik korxonasi binosida fuqaro M.N. ga qarashli 31 ta mayning qurilma elektr hisoblagichsiz, toʻgʻridan toʻgʻri elektr tarmogʻiga ulanganligi maʼlum boʻldi.

    Holat boʼyicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra davlat manfaatlariga 12 mlrd 369 mln 49 ming soʻm (2 mln 794 ming kVt⋅soat) zarar yetkazilganligi aniqlandi.

    Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.