Boʻstonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yoʻlidagi koʻprik qisman yopildi

    Urbanizatsiya 30 Oktabr 2023 1984

    “Bektemir-Chorbogʻ q.” avtomobil yoʻlining 32-kilometrida ( Boʻstonliq va Yuqorichirchiq tumanlari chegarasida joylashgan koʻprik) joylashgan koʻprikning Chorbogʻ-Toshkent yoʻnalishidagi qismi 25 kun muddatga yopildi.

    Maʼlum qilinishicha, Toshkent viloyati Boʻstonliq tumaniga olib boruvchi davlat ahamiyatiga ega boʻlgan mazkur yoʻlda taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Toshkent-Chorbogʻ yoʻnalishdagi qismida esa qarama-qarshi harakat tashkil yetildi.

    Xozirda shu sababli ham dam olish kunlarining ayrim vaqtlarida Chorbogʻ-Toshkent yoʻnalishida tirbandliklar yuzaga kelmoqda.

    Haydovchilardan vaziyatdan kelib chiqib harakatlanishlari, shuningdek, YPX inspektorlari va yoʻl belgi talablariga boʻysunishlari soʻraldi.