Uning lablari to‘q sariq, tumshug‘i va mo‘ynasi esa qora rangda.

Bu hayvon birinchi marta 2008-yilda tabiatni muhofaza qilish mutaxassislarining e’tiborini tortdi. Biroq, o‘sha paytda faqat bitta xira fotosurat olishning imkoni bo‘lgandi.

O‘n yil o‘tgach, maymun yana paydo bo‘ldi va xalqaro tadqiqotchilar jamoasi uni qidira boshladi. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida uning ilgari fanga noma’lum bo‘lgan alohida tur ekanligi aniqlandi, deb xabar berdi Kazinform.

Olimlarning fikriga ko‘ra, bu so‘nggi 75 yil ichida Afrikada qayd etilgan beshinchi yangi maymun turidir.

Tadqiqotga Florida Atlantika universitetining doktoranti Junior Amboko rahbarlik qildi. Ilmiy ish davomida hayvonning ovozi yozib olindi, fotosuratlar olindi va genetik tahlil o‘tkazildi.

Tadqiqot natijalari PLoS One ilmiy jurnalida chop etildi.