Yangi tartibga koʻra, yoʻlovchilar avtobusga chiqishi bilan yoʻlkira haqini toʻlashi shart.
Toʻlov transport yoki ijtimoiy kartani validatorga tekkizish, shuningdek, bank kartasi, smartfon va boshqa kontaktsiz toʻlov vositalari orqali amalga oshiriladi. Tizimda NFC, QR va biometrik toʻlov texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari ham nazarda tutilgan.
Agar yoʻlovchi avtobusga chiqish vaqtida yoʻlkira haqini toʻlamasa yoki imtiyozga ega ekanini tasdiqlamasa, u chiptasiz harakatlanayotgan deb hisoblanishi va jarimaga tortilishi mumkin.
Yangi tartibning asosiy maqsadi yoʻlkira toʻlovlarini aniq hisobga olish, naqd pulga bogʻliqlikni kamaytirish hamda jamoat transportida elektron toʻlov madaniyatini kuchaytirishdan iborat.