Bu haqda Transport vazirligi maʼlum qildi.
Kelishuv transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev hamda “Etihad Airways” aviakompaniyasi bosh operatsion direktori kapitan Majed Al-Marzuki oʻrtasida boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda tomonlar “Etihad Airways” aviakompaniyasining Oʻzbekistonga muntazam qatnovlarni yoʻlga qoʻyish hamda bosqichma-bosqich yoʻnalishlar tarmogʻini kengaytirish bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqildi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston hamda BAA poytaxtlari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri aviaqatnovlarning tiklanishi Oʻzbekistonlik yoʻlovchilarning “Etihad Airways”ning keng koʻlamli yoʻnalishlar tarmogʻidan foydalanish, Abu-Dabi orqali qulay ulanishlar bilan Yevropa, Osiyo, Avstraliya, Afrika va Shimoliy Amerikadagi 70 dan ortiq xalqaro yoʻnalishlarga uchish imkonini beradi.