Mazkur nufuzli musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan iqtidorli talabalar ishtirok etdi.

Quvonarlisi, ushbu olimpiadada Andijon davlat universiteti talabalari munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etdi. Xususan, universitet yosh matematiklari 1 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medalni qoʻlga kiritdi.

Oliy oʻquv yurti axborot xizmatining xabar berishicha, bunday natijalar nafaqat talabalarning shaxsiy salohiyati, balki taʼlim muassasasida yaratilgan imkoniyatlar va ilmiy muhitning samarasi hisoblanadi. Mazkur yutuq universitet nufuzini xalqaro miqyosda yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Mamlakatimizda yoshlarning sifatli taʼlim olishi va ularning xalqaro maydonlarda munosib ishtirokini taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlar izchil davom etmoqda. Bu borada oliy taʼlim muassasalarida iqtidorli talabalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ilmiy salohiyatini roʻyobga chiqarish va nufuzli tanlovlarda ishtirokini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, Andijon davlat universitetida ham bu yoʻnalishda tizimli ishlar olib borilayotgani oʻz samarasini bermoqda.